Banner c74ae7a3af28dae945db70ac69fe017973b574e70ca0b8dfd79a00e58da75a7b

HAMKORLARGA

WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) texnologiyasi asosida IEEE 802.16 protokoli yotadi. U, radiodan erkin foydalanishning boshqa texnologiyalaridan farqli ravishda aks ettirilgan signalda ob’yektning to’g’ridan-to’g’ri ko’rinishi bo’lmagan taqdirda ham katta masofada tezkor ulanishlarni ta’minlaydi.

WIMAX — kommunkatsiyaning tamomila yangicha usulidir.Bu, Internet tarmog’i, hamda telefon aloqa bilan ulanish uchun eng maqbul keng yo’l-yo’lli simsiz ulanishning standarti. WiMAX asosidagi texnologiya katta masofada ma’lumotlarni sekundiga 10 Mbit gacha bo’lgan tezlikda yetkazishni ta’minlovchi Internetga erkin kirishni ta’minlaydi. WiMAX,radiusi 50 kmgacha bo’lgan hududni qoplay oladi.

WiMAX zamonaviy megapolislarning bir qancha muammolarini birdaniga hal qilinishini ta’minlaydi.

Jumladan, biz uchun odatga aylangan radioaloqa, baza stantsiyasining ochiq ko’rinishi sharoitidagina yaxshi ishlaydi. Ko’pincha,landshaft xususiyatlari ayrim “jonsiz hudud” deb ataluvchi hududlarda radioaloqani cheklaydi.

Ba’zida shahar ATS larining yuklanganligi sabab o’ziga tegishli ulanishga erishish mumkin bo’lmay qoladi.
Va, shubhasiz, yirik ofis binolarida joylashgan tashkilotlarning doimiy muammosi haqida unutish mumkin emas – simli ulanishni o’rnatishga kabel o’tkazilishi kerak bo’lgan hududda qo’shnilar soni ko’pchilik hollarda to’sqinlik qiladi.

WiMAX alohida olingan katta bo’lmagan ofis va olisdagi qishloq tumanlarini aloqa bilan ta’minlash uchun yetarli darajada keng qoplash zonasiga ega. WiMAX standarti bo’yicha keng yo’l-yo’lli ulanishning xususiyati – bu uning noqulay landshaft larda ham, shu jumladan, baland binolar qurshovida ham ulanishning turg’unligidadir.

WiMAX texnologiyasi Wi-Fi tarmoqlariga qaraganda, yuqori tezlikda Internetga ulanish, qoplanishning keng hududini qamrab olish va mustahkamlik imkoniyatini yaratadi.

Wi-Fi — bu katta bo’lmagan masofa – ofis binolari, kafe..lar uchun simsiz aloqa texnologiyasidir. Wi-Fi hot-spotidan komp’yuteringizgacha bo’lgan masofa o’nlab metrdan oshmaydi. WiMAX texnologiyasi – bu,butun boshli shahar hududida hosil bo’ladigan receiverdan baza stantsiyasigacha bo’lgan masofani kilometrlab hisoblaydigan keng yo’l-yo’lli simsiz ulanish tarmog’i.

WiMAX:
Sim o’tkazmasdan, tez ulanishni sozlab berish

Hududiyolislikva “jonsizhududlar” haqidaunutishni
DSL va telefonga simli ulanishni rasmiylashtirish bilan bog’liq sansalorlikdan qutulish

O’zining ilgarigi telefon raqamini, faks va IPni saqlab qolib, bir binodan boshqasiga ko’chib o’tish kabilarga imkoniyat yaratadi.


WiMAX tarmog’ining xavfsizligi.
Next Net Expedience tizimi ham jismoniy, ham tarmoq darajasidagi xavfsizlikni ta’minlashning noyob imkoniyatlariga ega.

Tarmoqning jismoniy daraja sisimsiz aloqa vositalarimizga o’rnatilgan maxsus ishlab chiqilgan ASIC chiplari bilan boshqariladigan radio kanalning patentlangan protokoli vositalari bilan himoyalangan. Bu kombinatsiya quyidagi tahdidlardan muhofazalaydi:

ma’lumotlar mahfiyligi, butunligining buzilishi, qalbakilashtirish (asliga muvofiqlikning buzilishi), xizmat ko’rsatishdan bosh tortish.

Expedience tizimi IPga asoslanishi tufayli, u, IP shifrlash sxemasini, shu jumladan, VPN (Virtual Xususiy Tarmoqlar)ni to’laligicha qo’llaydi. Tarmoq arxitekturasi muayyan abonentlarga ajratilgan xususiy tarmoqlar (VLAN)ni o’rnatishga imkoniyat yaratadi.

Вверх