Назад

LTE texnologiyasi

Untitled 1

Simsiz LTE signal

Tayanch stantsiyaga LTE signallarini uzatishda radiochastotali spektr moslamadan qo’llaniladi

Tayanch stantsiya

Tayanch stantsiyada tarmoq antennasi va kommunikatsion asboblar o’rnatilgan

Ma’lumotlarni uzatish tayanch stantsiyasi va ma’lumotlarni qayta ishlash markazi o’rtasida amalga oshiriladi

Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi

Ma’lumotlarni aniqlash va qayta ishlash uchun telekommunikatsion asbob-uskuna

EVOning ichiga Wi-Fi funktsiyasi o’rnatilgan LTE modemi Internetni 150 Mb/s gacha bo’lgan tezlikda qabul qilish va uzatishga imkon yaratadi!

Toshkentda 4G LTE TDD tarmog’ini kengaytirish, ishga tushirish, sozlash va optimallashtirish bo’yicha ishlar kompaniyamiz tomonidan 2015 yil aprelidan olib borilgan. Mazkur loyihani ishga tushirish uchun KT Corporation tomonidan 10 million AQSH dollari hajmida mablag’ sarflandi. KT O’zbekiston telekommunikatsion bozoriga 2008 yildan investitsiya qilishda davom etmoqda. Xususan, “Super iMAX” MChJ biznesini rivojlantirishga. Ushbu yillar uchun investitsiya mablag’larining umumiy qiymati 29,6 million AQSH dollarini taskil etdi.

4G LTE TDD texnologiyasi orqali Internetga kirish xizmati Toshkent shahrida EVO™ abonentlari uchun allaqachon mavjud. Xizmatning hududiy qamrovi bu yerda 97,4% ni tashkil etadi. 2016 yilga kelib, xizmat WiMax texnologiyasini o’rnini bosib, Samarqand, Buxoro shaharlarida va Farg’ona vodiysi yirik markazlarida ham ishga tushadi.

EVO™ 4G LTE TDD tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish tezligi O’zbekistonda mavjud boshqa provayderlarning o’xshash ko’rsatkichini bir necha barobarga oshib o’tadi va 100 Mb/s gacha yetadi. Bu foydalanuvchilarga Internetda katta hajmli ma’lumotlar bilan tez va samarali ishlash imkoniyatini yaratadi. Ayni payt 4G LTE O’zbekistonda Internet bozorining kelgusi o’sishini tezlashtiruvchi vositaga aylandi. Xususan, LTE TDD tarmog’ining kengaytirilishi MDH mamlakatlari orasida ilk marotaba tadbiq etildi.

Вверх