Назад

WiMax texnologiyasi

WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) texnologiyasi asosida IEEE 802.16 protokoli joylashgan. U boshqa radioga ulanish texnologiyalaridan farqli ravishda obyektni bevosita ko’rish imkoniyati bo’lmaganda ham, aks etilgan signal orqali katta masofalarda yuqori tezlikdagi ulanishlarni ta’minlab beradi.

WiMAX – aloqaning tamomila yangicha usulidir. Bu Internet tarmog’i bilan hamda telefon aloqa bilan ulanish uchun qulay keng yo’l-yo’lli simsiz ulanishning standartidir. WiMAX negizidagi texnologiya Internetga katta masofalarda oddiy kirishni, hamda ma’lumotlar uzatilish tezligni - 10 Mbit/s gacha ta’minlab beradi.
WiMAX radiusi 50 km gacha bo’lgan hududni qamrab olishi mumkin.

WiMAX zamonaviy megapolislarning bir qator muammolarini yechib berishni ko’zda tutgan.

1.Jumladan, biz uchun odatiy bo’lgan radio aloqa tayanch stantsiyasining to’g’ridan-to’g’ri ko’rinib turishi sharti bilan yaxshi faoliyat yuritadi. Landshaft xususiyatlari ko’pincha ayrim tumanlarda radio aloqaning qo’llanilishini cheklaydi, bu “jonsiz hudud” deya nomlanadi.

2.Shaxsiy ulanishni amalga oshirish uchun ba’zida shahar ATS larining yuklanganligi to’siq bo’ladi.

3.Albatta, shu bilan bir qatorda, yirik ofis binolarida tashkilotlarning doimiy muammosini unutmaslik kerak: simli ulanishni ishga tushirishga hududidan kabel o’tkazilishi zarur bo’lgan qo’shnilarning ulkan soni halaqit beradi.

Katta bo’lmagan alohida olingan ofisni va hamda uzoda joylashgan qishloq tumanlarini aloqa bilan ta’minlash uchun WiMAX kattagina qamrab olish hududiga ega. WiMAX standarti bo’yicha keng yo’l-yo’lli ulanishning xususiyati bu hatto noqulay landshaft joylashuviga, shu jumladan, baland binolar atrofida bo’lishiga qaramasdan ulanishning barqarorligidir.

WiMAX texnologiyasi keng qamrovli va Wi-Fi tarmoqlariga qaraganda ishonchli Internetdan yuqori tezliklar bilan foydalanishni ta’minlaydi.

Wi-Fi – bu katta bo’lmagan masofalar: ofis binolari, kafe..uchun simsiz aloqa texnologiyasi. Wi-Fi hot-spotidan kompyutergacha bo’lgan masofa o’nlab metrdan oshiq emas.

WiMAX texnologiyasi – bu Internetga kirishning simsiz, keng yo’l-yo’lli tarmog’i bo’lib, u butun boshli shahar hududida tashkil etiladi. Receiverdan tayanch stantsiyasigacha bo’lgan masofa esa kilometrlab o’lchanadi.

WiMAX quyidagilarga imkon yaratadi:

Simni o’tkazmasdan, tezkorlik bilan ulanishni ta’minlash

Hududiy uzoqlik va “jonsiz hududlar” haqida unutish

Telefon tarmoqqa yoki DSL ga simli ulanishni rasmiylashtirish bilan bog’liq harhashani oldini olish

Ilgarigi o’z telefoningiz raqamini, faks va IP ni saqlab qolgan holda bir uydan ikkinchisiga ko’chib o’tish

WiMAX tarmog’ining xavfsizligi

Next Net Expedience tizimi, ham jismoniy va ham tarmoq darajasida xavfsizlikni ta’minlashning noyob imkoniyatlariga ega.

Tarmoqning jismonan, moslamalarimizga o’rnatilgan maxsus ishlab chiqilgan ASIC chiplari orqali boshqariluvchi radiokanalning patentlangan protokolining vositalari bilan himoyalangan. Ushbu kombinatsiya quyidagi xavflardan himoyani ta’minlaydi: maxfiylik, ma’lumotlarning butunligining buzilishi, qalbakilashtirish (muvofiqlikka rioya qilmaslik), xizmat ko’rsatilmasligi.

Expedience tizimi IP ga asoslanganligi bois, u IP, shu jumladan, VPN (Virtual Shaxsiy Tarmoqlar) shifrlash qolipini to’laligicha qo’llaydi. Tarmoq arxitekturasi alohida olingan abonentlarga alohida shaxsiy tarmoqlarni (VLAN) sozlash imkoniyatini beradi.

Вверх