Banner c74ae7a3af28dae945db70ac69fe017973b574e70ca0b8dfd79a00e58da75a7b

Карьера в EVO

EVO – bu yosh, doimiy rivojlanib kelayotgan kompaniya va O’zbekistonning yetakchi Internet-provayderlaridan biri. Biz, foydalanuvchilarga Internetning cheksiz imkoniyatlarini ochgan holda, hayotni yorqinroq qilamiz. EVO da ishlash – bu, O’zbekiston bozoriga eng yangi texnologik yutuqlarni tadbiq etish bilan kelajakni qurayotgan iste’dodli professionallar jamoasiga qo’shilish imkoniyati.

Afzalliklar

EVO – bu professionallarning ahil jamoasi

EVO – bu hamkorlik va ishonch muhiti

EVO – bu noyob korporativ madaniyat

EVO – bu tashabbuslar va novatorlik takliflarni qo’llab-quvvatlash

EVO – bu shaxsiy va ish faoliyati yuzasidan o’sish uchun qulay sharoitlar

Ishga joylashish bo’yicha ko’p beriladigan savollar:

EVO ga qanday qilib ishga kirish mumkin?

Dastavval o’z rezyumeingizni (rasm bilan) rabota@imax.uz elektron manziliga yuborishingiz zarur. Unda, albatta, qaysi joyga da’vo qilayotganingizni ko’rsating. So’ngra rezyumeingiz Inson resurslari bo’yicha Menejer tomonidan ko’rib chiqiladi va qiziqish hosil bo’lgan taqdrida, Siz suhbatga taklif qilinasiz.

Ofisga qo’ng’iroq qilib, suhbatga yozilish mumkinmi?

Yo’q, suhbat nomzodning rezyumesi ko’rib chiqilganidan keyingina o’tkaziladi.

Toshkent sh.da doimiy yoki vaqtincha yashash joyiga ro’yxatga olinmagan fuqarolar ishga olinadimi?

Biz Toshkent sh.da doimiy yoki vaqtincha yashash joyiga ro’yxatga olingan nomzodlarning rezyumelarini ko’rib chiqamiz.

Kompaniyangizning bo’sh ish joylari ro’yxatini qayerda ko’rsa bo’ladi?

Kompaniyamizning mavjud bo’sh ish joylarini saytimizda, hamda ish qidirishga ixtisoslashgan Internet-resurslarda ko’rishingiz mumkin.

Kompaniyangizda ishga olish jarayoni rasman amalga oshiriladimi?

Ha, ishga joylashtirish O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni asosida rasman amalga oshiriladi.

Вверх